Qarorlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun 2021.05.25-sanadagi № 0022 Litsenziya asosida “AL-BUKHARI UNIVERSITY” nomi bilan o‘z faoliyatini boshlagan.
Universitet asoschilari, davlat siyosatiga mos ravishda klaster shaklida maktabgacha ta’lim, o‘rta ta’lim va oliy ta’limni tashkil etishdi. Kelajakda rejalashtirilgan strategik maqsadlar doirasida 2022-yilda oliy o‘quv dargohimiz “Oriental universiteti” deb qayta nomlandi.
Fakultetlar
- Tarix fakulteti
- Pedagogika fakulteti
- Iqtisodiyot va turizm fakulteti
- Filologiya fakulteti
- Jismony tarbiya fakulteti
- Magistratura fakulteti
ORIENTAL UNIVERSITETINING MA’NAVIY-MA’RIFIY FAOLIYATI UNIVERSITETDA SPORT-SOG‘LOMLASHTIRISH ISHLARI
Oriental universiteti talabalari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, talabalarning ijtimoiylashuvi va o‘zaro raqobatbardoshlik ruhini shakllantirish maqsadida doimiy ravishda sport musobaqalari o‘tkazib kelinadi. Sportning darts ko‘tarish, stol tennisi, futbol, shaxmat, shashka, armresling, tosh ko‘tarish turlaridan “Akademiya birinchiligi” musobaqasi, “Spartakiada” sport musobaqalari shuningdek, turli sanalarga bag‘ishlangan an’anaviy sport birinchiliklari tashkil etib kelinadi. O‘tgan davr mobaynida, Toshkent shahrida joylashtgan oliy ta’lim muassalari o‘rtasida sportning shaxmat, voleybol, kurash, basketbol, mini-futbol, armrestling, dzyu-do turlaridan o‘tkazilgan musobaqalarda universitet talabalari faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lib kelishmoqda.
Universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida doimiy faoliyat olib boruvchi 4 ta sport to‘garaklari jumladan, futbol, voleybol, stol tennisi hamda sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish to‘garaklari tashkil etilgan. To‘garaklarda 76 nafar professor-o‘qituvchilar doimiy ravishda ishtirok etishadi. Universitetda doimiy ravishda professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sportning futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazib kelinadi. Musobaqalarda faol istirok etgan pedagog xodimlar qimmatbaho sovg‘alar va tashakkurnomalar bilan taqdirlanib kelinmoqda.
XOTIN-QIZLAR
Oriental universiteti hayotida xotin-qizlarning roli beqiyos bo‘lib, ular turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelishmoqda. Hozirgi kunda Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan universitetda tahsil olayotgan talaba-qizlarning iqtidorlarini aniqlash, ularning o‘z imkoniyatlarini namoyish etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
YOSHLAR ITTIFOQI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI
Oriental universitetida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining universitet Boshlang‘ich tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish, ijodiy qobiliyatlarini yanada rivojlantirish yuzasidan “Tafakkur sinovlari” intellektual musobaqasi, “Munozara” debat klubi, “Talabalar teatr studiyasi” hamda “Quvnoqlar va zukkolar” jamoaviy musobaqalari muntazam o‘tkazib kelinadi.
Yoshlar ittifoqi universitet Boshlang‘ich tashkiloti faollari bo‘lgan talabalar muntazam tarzda hasharlar va bayramoldi hayriya tadbirlaridagi tashkiliy ishlarda namunali ishtirok etishadi, qariyalar, nogironlar va boquvchisini yo‘qotgan shaxslarning holidan xabar olishadi.
UNIVERSITETNING IQTIDORLI YOSHLARI
Oriental universitetida tahsil olayotgan iqtidorli talabalarning yashirin iste’dod va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularni yanada qo‘llab-quvvatlash va zamonaviy imkoniyatlar yaratish borasida tizimli faoliyat tashkil etilgan. Aytish o‘rinliki, universitet talabalari orasidan yaxshi va a’lo baholarga o‘qiyotgan yoshlarni aniqlash hamda ularga “ustoz-shogird” an’anasiga tayangan holda malakali professor-o‘qituvchilarni biriktirish va shu orqali ilmiy-tadqiqot sohalaridagi harakatlariga ko‘maklashish ustuvor vazifa etib belgilangan.