Magistratura bo‘limi ilmiy salohiyatga ega, raqobatbardosh, innovatsion fikrlovchi va zamonaviy kasbiy kompetensiyalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi akademik markazlardan biridir. Bo‘lim faoliyati mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga hissa qo‘sha oladigan, ilmiy-tadqiqot salohiyatini namoyon eta oladigan malakali magistrlarni yetishtirishga qaratilgan.
Hozirda bo‘limda 1204 nafar magistrant tahsil olmoqda. Magistratura dasturlari kunduzgi ta’lim shaklida, kredit-modul tizimi asosida tashkil etilgan bo‘lib, o‘qish muddati 2 yilni tashkil etadi. Ta’lim jarayonlari zamonaviy ilmiy yondashuvlar, innovatsion pedagogik texnologiyalar va mustaqil ilmiy izlanishlar tamoyillari asosida olib boriladi. Magistrantlar chuqur nazariy bilimlarni egallash bilan birga ilmiy-tahliliy fikrlash, amaliy tadqiqot olib borish, mustaqil qaror qabul qilish, ilmiy natijalarni amaliyotga tatbiq eta olish ko‘nikmalarini ham shakllantiradilar.
Magistratura bo‘limida quyidagi
mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlanadi
Ta’lim va psixologiya
Gumanitar fanlar
Biznes va boshqaruv
Iqtisodiyot va moliya
IT va aniq fanlar
Magistratura bo‘limi universitetning ilmiy va innovatsion salohiyatini yuksaltirishda muhim o‘rin tutadi. Bo‘lim tomonidan:
ta’lim va fan integratsiyasini kuchaytirish,
magistrantlarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash,
yosh tadqiqotchilarni xalqaro ilmiy maydonga olib chiqish,
kasbiy va ilmiy yetuklikni mustahkamlash
yo‘nalishlarida keng ko‘lamli tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Magistratura bo‘limi Oriental universitetining ilmiy maktabini shakllantirish, yangi avlod olimlarini tayyorlash va mamlakatning intellektual salohiyatini oshirishga faol hissa qo‘shayotgan nufuzli markaz sifatida e’tirof etiladi.