Oriental universiteti bayrog‘i
Oriental universiteti Kengashining 2021-yil 1-iyundagi 1-sonli yig‘ilish qarori asosida “Oriental universiterti bayrog‘i” qabul qilingan. Mazkur bayroq bugungi zamonaviy talablarga javob beradigan milliy va xalqaro universitetlar bilan hamohang ekanligini anglatadi hamda universitet o‘zida milliy qadriyatlarni va ilmlar uyg‘unligini mujassamlashtiradi.
Bayroqdagi yashil rang – umid, imkoniyat, yangilanish, uyg‘unlik, samimiylik ramzi deb izohlanadi.
Bayroqdagi oq rang – yorug‘lik, poklif, soflik, beg‘uborlik, kamtarlik, qalb go‘zalligi, maqsad tozaligi ramzi hisoblanadi.
Bayroqdagi Logotip – universitet belgisi, ramzi sifatida belgilanadi.
Ichidagi kitob – bilim manbai, maqsad mayog‘i sifatida nomlanadi. Shuningdek, universitetning tarbiya quroli, ma’rifat chirog‘i hisoblanadi.