Oriental universiteti tarkibidagi “Tillar–1” kafedrasi bugungi kunda uchta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va bir magistratura mutaxassisligi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlamoqda. Ta’lim jarayonlari kunduzgi va kechki shakllarda tashkil etilgan bo‘lib, kafedra tasarrufida 1300 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
60110700 – O‘zbek tili va adabiyoti
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (turk)
60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti: arab tili
Magistratura ta’lim yo‘nalishlari:
70230104 – Adabiyotshunoslik: Arab adabiyoti
70230101 – Lingvistika: arab tili
70110701 – O’zbek tili va adabiyoti
“Tillar–1” kafedrasi mudiri,
filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Bugungi kunda kafedrada 49 nafar professor-o‘qituvchi pedagogik faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat quyidagicha shakllangan:
— 5 nafar fan doktori (DSc), professor;
— 18 nafar fan nomzodi (PhD), dotsent;
— 9 nafar katta o‘qituvchi;
— 18 nafar o‘qituvchi.
Bundan tashqari, kafedrada Misr Arab Respublikasidan taklif etilgan 3 nafar xorijiy professor-o‘qituvchi (PhD va dotsent ilmiy unvoniga ega) faoliyat yuritib, o‘zlarining boy ilmiy-pedagogik tajribalarini talabalar bilan samarali ravishda baham ko‘rmoqda.
“Kafedra faoliyati til o‘qitish metodikasini takomillashtirish, lingvistik tadqiqotlarni chuqurlashtirish va talabalarni yuqori malakali, raqobatbardosh mutaxassislar sifatida tayyorlashga qaratilgan. Shu bilan birga, xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish ham kafedra faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.