“Biznes va boshqaruv” kafedrasi 2025-yil 28-avgust kuni Universitet Kengashi qaroriga muvofiq, “Iqtisodiyot va turizm” hamda “Moliya va menejment” kafedralarining birlashtirilishi natijasida tashkil etildi. Ushbu qaror ta’lim jarayonini yanada tizimli tashkil etish, iqtisodiy tafakkur va boshqaruv madaniyatini rivojlantirish hamda global bozor talablariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
60410100 – Iqtisodiyot
60410200 – Buxgalteriya hisobi
60410600 – Bank Ishi
60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar
60411200 – Menejment
61001400 – Logistika
60411100 – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
61010100 – Turizm va mehmondo’slik
60410900 – Biznesni boshqarish
Magistratura mutaxassisliklari:
70410506 – Davlat moliyaviy nazorati va auditi
70410801 – Menejment (Ta’lim menejmenti)
70610301 – Kompyuter injiniring
70610401 – Dasturiy injiniring
70410102 – Iqtisodiyot
70410110 – Raqamli iqtisodiyot
70410901 – Biznesni boshqarish
70410801 -Menejment
“Biznes va boshqaruv” kafedrasi mudiri
Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Bugungi kunda “Biznes va boshqaruv” kafedrasida 41 nafar yuqori malakali professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Kafedrada ilmiy-pedagogik salohiyat quyidagicha shakllangan:
— 4 nafar iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
— 1 nafar iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor;
— 1 nafar iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.b.;
— 5 nafar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
— 5 nafar PhD, dotsent v.b.;
— 2 nafar dotsent v.b.;
— 5 nafar katta o‘qituvchi;
— 4 nafar o‘qituvchi;
— 5 nafar o‘qituvchi-stajyor.
Kafedraning umumiy ilmiy salohiyati 61 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich “Biznes va boshqaruv” kafedrasining ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatdagi yuqori samaradorligini namoyon etadi. Kafedra faoliyati zamonaviy biznes, iqtisodiyot, menejment, moliya va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha raqobatbardosh va innovatsion fikrlovchi kadrlar tayyorlashga qaratilgan. O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari hamda tadqiqotga asoslangan yondashuvlar keng qo‘llanadi. Natijada talabalar nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Kafedra jamoasi zamonaviy ta’lim konsepsiyasiga asoslanib, iqtisodiyotning barqaror rivoji, biznes jarayonlarini samarali boshqarish, moliyaviy innovatsiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilmiy almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish va yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish kafedra faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridandir.