O‘ZBEKISTON YOSHLAR ITTIFOQINING ORIENTAL UNIVERSITETDAGI BOSHLANG‘ICH TASHKILOTI FAOLIYATI HAQIDA MA'LUMOT
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Oriental universitetdagi boshlang‘ich tashkiloti ta’sis yig‘ilishi 2023-yil 28-aprelda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Markaziy Kengashi press-klubida bo‘lib o‘tgan. Xususiy oliygohlar ichida Oriental universitetida birinchi bo‘lib Yoshlar ittifoqi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 1-NOTTBT sonli guvohnoma asosida jamoat birlashmasi ko‘rinishida faoliyat yuritib kelmoqda. Universitet Yoshlar ittifoqi ish rejasida belgilangan chora-tadbirlar universitetning ish rejasiga kiritilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar barchasi belgilangan chora tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Talabalarning 73,4% yoshlar (30 yoshgacha)ni tashkil etadi.
Talabalar kontingenti haqida ma’lumot:
| 30 yoshgacha | 30 yoshdan katta | JAMI |
Yigitlar | 3156 | 859 | 4015 (47,9%) |
Qizlar | 2994 | 1372 | 4366 (52,1%) |
JAMI | 6150 (73,4%) | 2231 (26,6%) | 8381 nafar talabalar |
UNIVERSITET YOSHLAR KENGASHINIG 13 NAFAR A’ZOSI:
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari
O'zbekiston yoshlar ittifoqi
Ko'chirib olish
56KB