Maqsad va vazifalari haqida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev raisligida
2023 yilning 11 aprel kuni “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar, vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026 yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan
46-Butunjahon Shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023 yil 8 maydagi PQ-150-son Qarori ijrosini taъminlash maqsadida Oriental universitetida “Talabalar ligasi” sport musobaqalari nizomlarini tasdiqlash va musobaqalarni o‘tkazish to‘g‘risida Rektorning 2023 yil 19 oktyabrdagi 43-son buyrug‘i tasdiqlangan.
Musobaqani o‘tkazishdan asosiy maqsad – Universitet talabalari orasida sportning futbol, volleybol, basketbol, shaxmat hamda stol tennisi turlarini ommalashtirish, talabalarni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish va ular orasidan iqtidorli yoshlarni professional sport klublariga yo‘naltirish va Universitet jamoasini shakllantirib, Oliy ta’lim muassasalari orasida o‘tkaziladigan Talabalar sport ligasi sport musobaqalarida yuqori o‘rinlarni egallashdir. O‘sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy tarbiya va va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, jismoniy va ruhiy barkamol bo‘lib rivojlanishi, shu bilan birga zararli odatlar hamda turli kasalliklarga chalinishning oldini olish, sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish ustuvor maqsadimizdir.
Universitet rektorining ichki buyrug‘i ichrosi yuzasidan 2023 yilning 20 sentabr kuni Talabalar ligasi sport musobaqalarining Universitet bosqichiga tantanali ravishda start berildi.
2023 yilning oktabr-noyabr oylarida fakultetlar ichida fakul`tet g‘oliblarini aniqlash maqsadida, sportning yuqorida keltirilgan turlari bo‘yicha Talabalar sport ligasi musobaqalarining Fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi. Saralangan talabalar Fakultet jamoalariga sportning besh turi bo‘yicha qabul qilindi. 2023 yilning dekabr oyida fakultet g‘oliblari universitet birinchiligi uchun bellashishdi. G‘oliblar Universitet rektorining qimmatbaho sovg‘alari va medallar bilan taqdirlanishdi.