“ORIENTAL FAXRI” KO‘KRAK NISHONI TO‘G‘RISIDAGI
NIZOM
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1. Ushbu Nizom “Oriental faxri” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda – ko‘krak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Ko‘krak nishoni bilan Oriental universiteti nufuzini oshirishga munosib hissa qo‘shgan, ilmiy-ijodiy ishlarda muvaffaqiyatga erishgan, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida alohida namuna ko‘rsatib kelayotgan, fan rivojiga xizmat qilayotgan, xalqaro va respublika miqyosidagi turli loyiha hamda tanlovlarda munosib ishtirok etayotgan Oriental universiteti xodim, professor-o‘qituvchi, talaba va doktorantlari taqdirlanadi. Ko‘krak nishoni bilan Oriental universiteti xodimi bo‘lmagan, lekin universitet nufuzni oshirishga xizmat qilayotgan, talaba-yoshlarga ta’lim va tarbiya berishda namuna bo‘layotgan, O‘zbekiston olimlari orasida munosib o‘ringa ega bo‘lgan o‘rindosh xodimlar ham taqdirlanishi mumkin.
2-BOB. KO‘KRAK NISHONI BILAN TAQDIRLASHNI KO‘RIB CHIQISH
Oriental universiteti Kengashi (keyingi o‘rinlarda – kengash) xodim, professor-o‘qituvchi, talaba va doktorantlar orasidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili o‘quv yilining may oyiga qadar ko‘rib chiqadi.
Nomzodlar bo‘yicha taqdim etilgan takliflarga ilova sifatida nomzod haqida ma’lumotnoma, uning o‘quv yili davomida amalga oshirgan ishlari aks ettirilgan tavsifnoma taqdim etiladi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish uchun Oriental universiteti rektori tomonidan a’zolari 7 nafardan iborat tarkibda komissiya (keyingi o‘rinlarda – Komissiya) tashkil etiladi.
Komissiya tarkibi va Komissiya to‘g‘risidagi nizom Oriental universiteti rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Komissiya yig‘ilishida nomzodlarning tegishli hujjatlari o‘rganilib, har o‘quv yilining 10-iyuniga qadar eng munosib nomzodlar bo‘yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
3-BOB. KO‘KRAK NIShONI BILAN TAQDIRLASh TARTIBI
7. Komissiya xulosasi asosida “Oriental faxri” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har o‘quv yilining 30-iyuniga qadar chiqariladi.
Ko‘krak nishoni har o‘quv yili yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan universitet Kengashida rektor (yoki uning topshirig‘iga muvofiq boshqa mas’ul shaxs) tomonidan tantanali tarzda topshiriladi.
8. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlarga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti yoki esdalik sovg‘alari beriladi.
9. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, universitet rektori buyrug‘iga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
10. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati vazirlikning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi.
11. Bir shaxs ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
12. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR
Universitet ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita mas’uldir.
Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.