“MATEMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI
“Matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi hozirgi kunda uchta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlamoqda. Ta’lim jarayonlari kunduzgi va kechki shakllarda tashkil etilgan bo‘lib, kafedrada 80 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
60610300 – Kompyuter injiniringi
60610400 – Dasturiy injiniring
60540100 – Matematika
60610500 – Sunʼiy intellekt
Shuningdek, kafedrada ikki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanadi. Magistratura bosqichida 45 nafardan ortiq magistrant tahsil olmoqda.
Magistratura mutaxassisliklari:
70610601 – Dasturiy injiniring
70610501 – Kompyuter injiniringi
Аminov Hayotjon Halimjonovich
“Matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri v.b., texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Mazkur yo‘nalishlarda o‘quv jarayonini 25 nafar professor-o‘qituvchi olib boradi. Kafedraning ilmiy salohiyati quyidagicha shakllangan:
— 2 nafar fan doktori (DSc), professor;
— 11 nafar fan nomzodi (PhD), dotsent;
— 7 nafar katta o‘qituvchi;
— 5 nafar o‘qituvchi.
“Kafedra zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va matematika fanining ilg‘or usullarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali yuqori malakali, innovatsion fikrlovchi va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Shu yo‘nalishda “Zamonaviy AKT va matematika fanining samarali usullari asosida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash” mavzusida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Kafedra jamoasi zamonaviy dasturlash, algoritmlar, sun’iy intellekt, ma’lumotlar bazalari, matematik modellashtirish va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlarida chuqur o‘quv dasturlarini ishlab chiqib, ta’lim sifatini doimiy takomillashtirib kelmoqda. Shuningdek, amaliyotga yo‘naltirilgan darslar, loyihaviy yondashuv, laboratoriya mashg‘ulotlari va IT kompaniyalar bilan hamkorlik orqali talabalar amaliy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.





