Oriental University — Header

“BIZNES VA BOSHQARUV” KAFEDRASI

“Biznes va boshqaruv” kafedrasi 2025-yil 28-avgust kuni Universitet Kengashi qaroriga muvofiq, “Iqtisodiyot va turizm” hamda “Moliya va menejment” kafedralarining birlashtirilishi natijasida tashkil etildi. Ushbu qaror ta’lim jarayonini yanada tizimli tashkil etish, iqtisodiy tafakkur va boshqaruv madaniyatini rivojlantirish hamda global bozor talablariga javob bera oladigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashni maqsad qilgan.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

  • 60410100 – Iqtisodiyot

  • 60410200 – Buxgalteriya hisobi 

  • 60410600 – Bank Ishi 

  • 60410500 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar 

  • 60411200 – Menejment 

  • 61001400 – Logistika 

  • 60411100 – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar 

  • 61010100 – Turizm va mehmondo’slik

  • 60410900 – Biznesni boshqarish

Magistratura mutaxassisliklari:

  • 70410506 – Davlat moliyaviy nazorati va auditi 

  • 70410801 – Menejment (Ta’lim menejmenti) 

  • 70610301 – Kompyuter injiniring 

  • 70610401 – Dasturiy injiniring 

  • 70410102 – Iqtisodiyot 

  • 70410110 – Raqamli iqtisodiyot 

  • 70410901 – Biznesni boshqarish 

  • 70410801  -Menejment 

Hamdamov Shaxzod Ilhom o‘g‘li

“Biznes va boshqaruv” kafedrasi mudiri

Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Bugungi kunda “Biznes va boshqaruv” kafedrasida 41 nafar yuqori malakali professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Kafedrada ilmiy-pedagogik salohiyat quyidagicha shakllangan:

— 4 nafar iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
— 1 nafar iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor;
— 1 nafar iqtisodiyot fanlari doktori, professor v.b.;
— 5 nafar iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
— 5 nafar PhD, dotsent v.b.;
— 2 nafar dotsent v.b.;
— 5 nafar katta o‘qituvchi;
— 4 nafar o‘qituvchi;
— 5 nafar o‘qituvchi-stajyor.

Kafedraning umumiy ilmiy salohiyati 61 foizni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich “Biznes va boshqaruv” kafedrasining ilmiy-tadqiqot va amaliy faoliyatdagi yuqori samaradorligini namoyon etadi. Kafedra faoliyati zamonaviy biznes, iqtisodiyot, menejment, moliya va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha raqobatbardosh va innovatsion fikrlovchi kadrlar tayyorlashga qaratilgan. O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalar, amaliyotga yo‘naltirilgan o‘qitish metodlari hamda tadqiqotga asoslangan yondashuvlar keng qo‘llanadi. Natijada talabalar nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kafedra jamoasi zamonaviy ta’lim konsepsiyasiga asoslanib, iqtisodiyotning barqaror rivoji, biznes jarayonlarini samarali boshqarish, moliyaviy innovatsiyalarni joriy etish kabi yo‘nalishlarda ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, ilmiy almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish va yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish kafedra faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridandir.