“Uzluksiz ta’lim pedagogikasi” kafedrasi hozirgi kunda 2 191 nafar talabaga ta’lim bermoqda. Ta’lim jarayonlari kunduzgi va kechki shakllarda tashkil etilgan bo‘lib, kafedra bakalavriat bosqichida bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlaydi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
60310300 – Psixologiya
60110100 – Pedagogika
60110500 – Boshlang‘ich ta’lim
60110200 – Maktabgacha ta’lim
60110300 – Maxsus pedagogika: surdopedagogika
60110300 – Maxsus pedagogika: Logopediya
Magistraturat ta’lim yo‘nalishlari:
70310301 – Psixologiya
70110201 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim)
70110401 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)
70110102 – Pedagogika
70110301 – Maxsus pedagogika:Logopediya
“Uzluksiz ta’lim pedagogikasi” kafedrasi mudiri,
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Bugungi kunda kafedrada 43 nafar malakali professor-o‘qituvchi ilmiy va pedagogik faoliyat olib bormoqda. Ilmiy-pedagogik tarkib quyidagicha shakllangan:
— 1 nafar fan doktori (DSc), professor;
— 3 nafar fan nomzodi, professor;
— 20 nafar fan nomzodi (PhD), dotsent;
— 11 nafar katta o‘qituvchi;
— 8 nafar o‘qituvchi.
“Uzluksiz ta’lim pedagogikasi” kafedrasi universitetning umumiy ta’lim-tarbiya jarayonida muhim o‘rin tutadi. Kafedra faoliyati uzluksiz ta’lim tizimining ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirish, pedagogik innovatsiyalarni tatbiq etish va zamonaviy o‘qitish texnologiyalarini o‘quv jarayoniga keng joriy etishga qaratilgan.
Kafedra tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar:
ta’lim jarayonining pedagogik samaradorligini oshirish,
pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirish,
zamonaviy ta’lim standartlariga mos ilmiy-metodik materiallar yaratish bo‘yicha muhim natijalarni berib kelmoqda.
Shuningdek, kafedra yosh pedagoglar va ilmiy izlanuvchilarni faol jalb etish, ilg‘or pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish va universitetni pedagogik innovatsiyalar markazi sifatida rivojlantirishga xizmat qilmoqda.