Oriental University — Header

“JISMONIY MADANIYAT” KAFEDRASI

“Jismoniy madaniyat” kafedrasi hozirgi kunda ikki bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va bir magistratura mutaxassisligi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlamoqda. Ta’lim jarayonlari kunduzgi va kechki shakllarda tashkil etilgan bo‘lib, kafedrada 670 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:

  • 60111200 – Jismoniy madaniyat 75

  • 61010200 – Sport faoliyati: futbol 50

  • 61010200 – Sport faoliyati: dzyu-do 50

  • 61010200 – Sport faoliyati: kurash 50

  • 61010200 – Sport faoliyati: taekvondo WTF

Magistratura mutaxassisligi:

  • 71010201 – Sport faoliyati

Po‘latov Laziz Azamat o‘g‘li

“Jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri,

pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Mazkur yo‘nalishlarda o‘quv jarayonlarini 18 nafar professor-o‘qituvchi olib boradi. Kafedraning ilmiy-pedagogik salohiyati quyidagicha shakllangan:
— 1 nafar pedagogika fanlari doktori, professor;
— 1 nafar pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor;
— 2 nafar PhD, professor v.b.;
— 2 nafar PhD, dotsent;
— 1 nafar PhD, dotsent v.b.;
— 1 nafar dotsent;
— 6 nafar katta o‘qituvchi;
— 4 nafar o‘qituvchi.

Mazkur ilmiy-pedagogik tarkib kafedraning yuqori malakali, raqobatbardosh va amaliy tayyorgarligi kuchli mutaxassislar tayyorlash salohiyatini ta’minlab kelmoqda.

“Jismoniy madaniyat” kafedrasi jismoniy tarbiya va sport sohasida ta’lim jarayonini takomillashtirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilishga alohida e’tibor qaratadi. Kafedraning ilmiy-amaliy faoliyati:

  • sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish,

  • talabalarda jismoniy madaniyat va sport kompetensiyalarini shakllantirish,

  • amaliy mashg‘ulotlar orqali kasbiy mahoratni rivojlantirish,

  • jismoniy tarbiya va sport nazariyasi hamda metodikasini takomillashtirish

yo‘nalishlarida olib borilmoqda.

Shuningdek, kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv jarayonini interfaol metodlar, sport texnologiyalari, zamonaviy trening uslublari va amaliy mashg‘ulotlar bilan boyitib, talabalarning yuqori darajadagi kasbiy tayyorgarligini ta’minlamoqda.