Oriental University — Header

DOKTORANTURA

Oriental universiteti O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil 17-fevralda berilgan 226307-sonli litsenziya asosida oliy ta’limdan keyingi ta’lim xizmatlarini amalga oshiradi. Universitet quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha stajyor-tadqiqotchilar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlaydi:

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklari:

  • 08.00.15 — Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti
  • 13.00.07 — Ta’limda menejment
  • 13.00.02 — Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)
  • 07.00.01 — O‘zbekiston tarixi
  • 10.00.05 — Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti
  • 10.00.06 — Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.

PhD tayanch doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun zarur hujjatlar:

  • Ariza

  • Qisqacha biografik ma’lumot (3.5-shakl – obyektivka)

  • Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun)

  • Magistratura diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik to‘g‘risidagi diplom nusxasi

  • Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari
    (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis)

  • Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun)

  • Pasport nusxasi

  • Prezident davlat stipendiyasi to‘g‘risidagi hujjat (mavjud bo‘lsa)

  • Milliy yoki xalqaro til sertifikati (mavjud bo‘lsa)

DSc doktorantura yoki mustaqil izlanuvchilikka kirish uchun zarur hujjatlar:

  • Ariza
  • Qisqacha biografik ma’lumot (3.5-shakl – obyektivka)
  • Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun)
  • Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoki PhD diplomi (yoki xorijda olingan tenglashtirilgan ilmiy daraja to‘g‘risidagi hujjat)
  • Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza
  • Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi
  • Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va ularning nusxalari
    (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis)
  • Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun)
  • Pasport nusxasi
  • Ilmiy yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar
    (masalan, Prezident davlat stipendiyasi haqidagi hujjat)
  • Milliy yoki xalqaro til sertifikati (mavjud bo‘lsa)