Xalqaro aloqalar bo‘limi faoliyati
Oriental universitetining Xalqaro aloqalar bo‘limi – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, xorijiy ilg‘or tajribani o‘rganish va o‘quv jarayoniga tadbiq etish borasida muayyan ishlarni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va tegishli idoralarning xalqaro munosabatlarga doir qabul qilingan hujjatlar ijrosini ta’minlaydi.
Xalqaro hamkorlik bo‘limining vazifalari
• Oliy ta’lim vazirligining 2005-yil 13-apreldagi “Oliy ta’lim muassasalaridan xorijiy safarlarga borish to‘g‘risida”gi 81-sonli buyrug‘iga binoan chet el safarlariga yuborilayotgan universitetning vakillari hujjatlarini ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish;
• Donor mamlakatlar va xalqaro moliya institutlarining texnik yordam dasturlari doirasida universitetda amalga oshirilayotgan loyihalarning monitoringini olib borish va har chorakda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga hisobot kiritish;
• Universitet professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari uchun loyihalar tahlili asosida seminar, davra suhbatlarini tashkil qilish;
• Universitetning xorijiy hamkorlar bilan tuzadigan bitim, shartnoma va protokollarini ko‘rib chiqish, tahlil qilish va tavsiyalar berish. Zarurat bo‘lganda hujjatlarni tegishli tashkilotlar bilan kelishish;
• O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elchixonalar va xalqaro ta’lim tashkilotlari va jamg‘armalari bilan hamkorlikda ta’lim sohasining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha seminar, o‘quv kurslari va ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish;
• Xorijiy fuqarolarni o‘qitishdan kelib tushadigan valyuta tushumlari haqida oylik, chorak, yarim yillik va yillik hisobotlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining so‘rovlariga binoan tayyorlab borish;
• Xorijiy hamkorlar tomonidan stajirovka o‘tash, malaka oshirish, o‘quv kurslarida qatnashish, magistratura va doktoranturada tahsil olish uchun e’lon qilinadigan grantlar tanloviga universitet professor-o‘qituvchilari, talaba, magistrant va stajor-tadqiqotchi-izlanuvchilarini tavsiya etish;
• E’lon qilinayotgan xalqaro grantlar haqida axborot jamlab tarqatish va universitet kafedralariga loyihalar tuzishga ko‘maklashish, hamda loyiha ijrosiga bevosita ishtirok etish;
• Xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan tadbirlar, konferensiyalar, seminarlar haqida ma’lumotlarni to‘plash va fakultetga еtkazish. Shuningdek, universitetda o‘tkaziladigan anjumanlar haqida axborot tarqatish, universitet veb saytini yangilab borishga yordam ko‘rsatish.