“Oriental universiteti” nodavlat oliy ta’lim muassasasida talabalarning darsdan tashqari vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun tashkil etilgan ilmiy va manaviy-ma’rifiy to‘garaklar faoliyati haqida ma'lumot
Oriental universiteti tomonidan talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va dunyoqarashlarini yanada boyitish hamda ularni zamon talabiga mos raqobatbardosh kadrlar sifatida tarbiyalash maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, universitetda faoliyat olib borayotgan barcha kafedralar tomonidan fan to‘garaklari, shuningdek, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan bir qancha ma’naviy-ma’rifiy va madaniy to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirgi kunda universitetda 20 ga yaqin to‘garaklar ish faoliyatini olib bormoqda. To‘garaklar talabalarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib qo‘shimcha tarzda ichki imkoniyatlar va boshqa korxona-tashkilotlardan mutaxassislar jalb qilingan holda tashkil etib boriladi.
Ayni vaqtda:
1. “Yosh tarixchilar”
2. “Yosh psixologlar”
3. “Fors tili”
4. “Kolligrafiya”
5. “Yosh lingvistlar”
6. “English speaking club”
7. “Young motivators”
8. “Русские знатоки”
9. “Shaxmat-shashka”
10. “Stol tennisi”
11. “Voleybol”
12. “Turizm va mehmondo‘stlik”
13. “Yosh iqtisodchi”
14. “Kompyuter savodxonligi”
15. “Grafik dizayn”
16. “Nutq mahorati”
17. “Yosh aktyorlar”
18. “Yosh matematik”
19. “Moliyachi”
20. “Menejer”
kabi to‘garaklar ish faoliyatini olib bormoqda. To‘garaklarga jami 400 nafarga yaqin talabalar jalb qilingan.