Oriental universiteti tomonidan talabalarning darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va dunyoqarashlarini yanada boyitish hamda ularni zamon talabiga mos raqobatbardosh kadrlar sifatida tarbiyalash maqsadida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Hozirgi kunda universitetda 20 dan ziyod to‘garaklar ish faoliyatini olib bormoqda.
To‘garaklar talabalarning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqib qo‘shimcha tarzda ichki imkoniyatlar va boshqa korxona-tashkilotlardan mutaxassislar jalb qilingan holda tashkil etib boriladi.
Jumladan, universitetda faoliyat olib borayotgan barcha kafedralar tomonidan fan to‘garaklari, shuningdek, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan bir qancha ma’naviy-ma’rifiy va madaniy to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan:
1. “Yosh tarixchilar”
2. “Yosh psixologlar”
3. “Fors tili”
4. “Kolligrafiya”
5. “Yosh lingvistlar”
6. “English speaking club”
7. “Young motivators”
8. “Русские знатоки”
9. “Shaxmat-shashka”
10. “Stol tennisi”
11. “Voleybol”
12. “Turizm va mehmondo‘stlik”
13. “Yosh iqtisodchi”
14. “Kompyuter savodxonligi”
15. “Grafik dizayn”
16. “Nutq mahorati”
17. “Yosh aktyorlar”
18. “Yosh matematik”
19. “Moliyachi”
20. “Menejer”