Oriental universiteti tarkibidagi “Tillar–2” kafedrasi hozirgi kunda to‘rtta bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlamoqda. Ta’lim jarayonlari kunduzgi va kechki shakllarda tashkil etilgan bo‘lib, kafedrada 320 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz)
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (xitoy)
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (rus)
60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili
60110800 – Ona tili va adabiyoti kunduzgi (Rus tili va adabiyoti
60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (koreys)
Magistratura mutaxassisliklari:
“Tillar-2” kafedrasi mudiri,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Mazkur ta’lim yo‘nalishlarida o‘quv jarayonlarini 47 nafar professor-o‘qituvchi olib boradi. Kafedraning ilmiy salohiyati quyidagicha shakllangan:
— 3 nafar fan doktori (DSc), professor;
— 13 nafar fan nomzodi (PhD), dotsent;
— 16 nafar katta o‘qituvchi;
— 14 nafar o‘qituvchi.
Ushbu ilmiy-pedagogik tarkib “Tillar–2” kafedrasining yuqori malakali ta’lim berish imkoniyatiga ega ekanini va o‘quv jarayonida yuksak sifat standartlari ta’minlanishini ko‘rsatadi.
Kafedra faoliyati xorijiy tillarni o‘qitish metodikasini takomillashtirish, zamonaviy kommunikativ yondashuvlar asosida o‘quv jarayonini tashkil etish va talabalarida ko‘p tillilik kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan. Professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar innovatsion metodlarni joriy etish, til o‘qitish samaradorligini oshirish hamda xalqaro standartlarga mos, raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.
“Tillar–2” kafedrasi Sharq va G‘arb tillariga ixtisoslashgan bo‘lib, talabalarda xitoy, koreys, turk va ingliz tillarini yuqori darajada o‘zlashtirish bo‘yicha xalqaro standartlarga mos tayanch kompetensiyalarni shakllantiradi. Kafedra ko‘p tillilik, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik bo‘yicha yetuk mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.