“IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI
Oriental universiteti tarkibidagi “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi hozirgi kunda ikki bakalavriat ta’lim yo‘nalishi, bir magistratura mutaxassisligi va bir doktorantura ixtisosligi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlamoqda. Bakalavriat bosqichida o‘quv jarayonlari kunduzgi, kechki va sirtqi shakllarda tashkil etilgan bo‘lib, talabalar uchun qulay va moslashuvchan ta’lim tizimi yaratib berilgan.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
60111100 – Tarix
60220300 – Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)
Magistratura mutaxassisligi:
70220301 – Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turlari bo‘yicha)
Doktorantura ixtisosligi:
07.00.01 – O‘zbekiston tarixi
Bobojonov Islombek Usmonaliyevich
Bugungi kunda kafedrada 38 nafar professor-o‘qituvchi ilmiy va pedagogik faoliyat olib bormoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati quyidagicha shakllangan:
— 6 nafar fan doktori, professor;
— 14 nafar fan nomzodi (PhD), dotsent;
— 10 nafar katta o‘qituvchi;
— 8 nafar o‘qituvchi.
Shuningdek, kafedrada Turkiya Respublikasidan taklif etilgan 1 nafar PhD olim faoliyat yuritib, xalqaro tajriba asosida ta’lim sifati va ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirishga hissa qo‘shmoqda.
“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi nafaqat talabalarga fundamental tarixiy bilimlar berish, balki o‘quv-metodik adabiyotlar yaratish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish va yosh tadqiqotchilarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish yo‘nalishida ham keng ko‘lamli ishlar olib bormoqda. Kafedra jamoasi zamonaviy tarixshunoslik yondashuvlarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali raqobatbardosh, ilmiy salohiyatli va keng dunyoqarashga ega mutaxassislar tayyorlashga intilmoqda.





