ORIENTAL UNIVERSITETI KASABA UYUSHMA QO‘MITASI
BOSHLANG‘ICH KASABA UYUSHMA QO‘MITASINING FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA
Kasaba uyushmasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”, “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”, “Nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunlari, shuningdek, Ta’lim, fan va madaniyat xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Ustavi hamda boshqa amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar asosida faoliyat olib boradi.
Hozirgi kunda professor-o‘qituvchilar va xodimlar kasaba uyushma qo‘mitasi mustaqil jamoat tashkiloti sifatida faoliyat yuritib, o‘z safiga 350 nafar kasaba uyushma a’zosini birlashtirgan.
Kasaba uyushma qo‘mitasi ko‘p tarmoqli tashkiliy tuzilmaga ega bo‘lib, 7 ta yo‘nalish bo‘yicha kafedralar, shuningdek, 10 ga yaqin bo‘lim va markazlar faoliyatini qamrab olgan holda ularga xizmat ko‘rsatadi.
KASABA UYUSHMA QO‘MITASI HUZURIDA FAOLIYAT YURITUVCHI KOMISSIYALAR
Kasaba uyushma qo‘mitasi huzurida 9 ta komissiya faoliyat ko‘rsatadi:
-
Taftish komissiyasi;
-
Ma’naviy-ma’rifiy va sport ishlari komissiyasi;
-
Uy-joy va ijtimoiy masalalar komissiyasi;
-
Mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi masalalari komissiyasi;
-
Tashkiliy masalalar komissiyasi;
-
Ishchi va xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish komissiyasi;
-
Yoshlar bilan ishlash komissiyasi;
-
Xotin-qizlar bilan ishlash komissiyasi;
-
Ijtimoiy himoya va moddiy yordam masalalari komissiyasi.
PROFESSOR-O‘QITUVCHILAR VA XODIMLAR KASABA UYUSHMA QO‘MITASINING UMUMIY FAOLIYATI
Kasaba uyushma qo‘mitasi universitet xodimlarining millati, jinsi, yoshi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, mehnat qilish, ish va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash hamda ishsizlikdan himoyalanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qiladi.
Qo‘mita o‘qituvchi va xodimlar mehnatiga haq to‘lash hamda mehnat tartibining ijtimoiy adolatli tizimini joriy etish va unga rioya qilinishiga ko‘maklashadi. Professor-o‘qituvchilar va xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish, bo‘sh vaqtini va dam olishlarini mazmunli tashkil etishda faol ishtirok etadi.
Shuningdek, kasaba uyushma qo‘mitasi mehnat qonunchiligi, mehnatni muhofaza qilish va atrof-muhitni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlar talablariga rioya etilishini nazorat qiladi hamda xodimlarning huquqiy himoyasini ta’minlaydi.
Qo‘mita o‘qituvchi-xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishlariga ko‘maklashadi hamda jamoada yuzaga keladigan mehnat nizolarini bartaraf etishda tashabbuskorlik ko‘rsatadi.
“Oriental universiteti” Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi tarkibini professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ishchi-xodimlar va universitet pensionerlari tashkil etadi.
BOSHLANG‘ICH KASABA UYUSHMA QO‘MITASI A’ZOLARI UCHUN FAOLIYAT YO‘NALISHLARI
Boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi a’zolari bo‘lgan xodimlar uchun quyidagi yo‘nalishlarda tizimli ishlar olib boriladi:
Kasaba uyushma a’zolarining millati, jinsi, yoshi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, mehnat qilish, ish va kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash hamda ishsizlikdan himoyalanish bo‘yicha konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishi ta’minlanadi. Xodimlarning bo‘sh vaqtini ko‘paytirish va undan oqilona foydalanish, mehnat qonunchiligi, mehnat va atrof-muhitni muhofaza qilishga oid qonunlar va me’yorlarga rioya qilinishini nazorat qilishga alohida e’tibor qaratiladi. Kasaba uyushma qo‘mitasi xodimlar uchun sog‘lomlashtirish bazalarini yaratish, zarur vositalar ajratilishiga ko‘maklashadi hamda ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida jamoa shartnomalari va kelishuvlarining tuzilishi hamda bajarilishini nazorat qiladi. Shuningdek, davlat organlari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda xodimlarning mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy huquqlarini himoya qilishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishiga ko‘maklashadi. Mehnatga haq to‘lashning ijtimoiy adolatli tizimini joriy etish, xodimlarning malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlash masalalari ham doimiy e’tiborda bo‘ladi.
KASABA UYUSHMA A’ZOLARINING HUQUQLARI
Kasaba uyushmasiga a’zolik ixtiyoriy bo‘lib, Ustav talablarini tan olgan, a’zolik badallarini to‘lab boruvchi xodim kasaba uyushma a’zosi bo‘lishi mumkin. Kasaba uyushma a’zolari:
-
mehnat munosabatlari bo‘yicha kasaba uyushmasining huquqiy yordamini olish;
-
kasaba uyushma organlariga saylash va saylanish;
-
kasaba uyushma tadbirlarida ishtirok etish va o‘z fikrini erkin bildirish;
-
yuqori kasaba uyushma organlariga murojaat qilish;
-
kasaba uyushma tasarrufidagi sanatoriyalar, dam olish maskanlari va bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga imtiyozli yo‘llanmalar olish huquqiga ega.
UNIVERSITET MA’MURIYATI BILAN HAMKORLIKDAGI MASALALAR
Kasaba uyushma qo‘mitasi universitet ma’muriyati bilan kelishilgan holda quyidagi masalalarni ko‘rib chiqadi:
- mehnat sharoitlari va mehnat xavfsizligini yaxshilash;
- xodimlarning bandligi va ijtimoiy imtiyozlarini kafolatlash;
- xodimlar va talabalarni rag‘batlantirish va mukofotlash;
- ijtimoiy-iqtisodiy muammolar bo‘yicha kelishilgan qarorlar qabul qilish;
- sanatoriylar va sport-sog‘lomlashtirish maskanlariga imtiyozli yo‘llanmalar ajratish.
BOSHLANG‘ICH KASABA UYUSHMA QO‘MITASI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR
- Kasaba uyushma qo‘mitasi kam ta’minlangan ishchi-xodimlar va talabalarni aniqlab, ularga moddiy yordam ko‘rsatib boradi. Universitetda uzoq yillar mehnat qilib, nafaqaga chiqqan yolg‘iz keksalar doimiy e’tiborda bo‘lib, ularga moddiy va ma’naviy ko‘mak ko‘rsatiladi.
- Mehnat intizomi, mehnat muhofazasi, ish haqi va avanslarning o‘z vaqtida berilishi, xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi muntazam nazorat qilinadi. Tibbiy ko‘riklar natijasida ehtiyojmand xodimlarga dori-darmonlar uchun moddiy yordam ajratiladi.
- Kasaba uyushma qo‘mitasi ovqatlanish shoxobchalari sanitariya holati va ovqatlar sifati ustidan nazorat olib boradi, xodimlar va talabalar uchun madaniy va sport tadbirlarini muntazam tashkil etadi.
- Davlat bayramlari, “Yangi yil”, “Xotira va qadrlash kuni” kabi muhim sanalarda xodimlar rag‘batlantiriladi, teatr va madaniy tadbirlarga chiptalar taqdim etiladi. Shuningdek, sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan xodimlar va talabalar pul mukofotlari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.