TABIAT VA TALABALAR
Oriental universiteti Filologiya fakulteti talabalari “Toshkent bitiruvchi va talaba-yoshlar” loyihasi doirasida “Obod oliygoh” aksiyasini oʻtkazdi.
🌟 “Oʻz qoʻlimiz bilan oʻz bogʻimizni yaratamiz” shiori ostida oʻtkazilgan mazkur xayrli tadbirda fakultetning 1- va 2- bosqich talabalari universitet bog‘iga turli navdagi gullarni hamda mevali daraxt koʻchatlarini ekishdi.




