Oriental universitetining Akademik faoliyatni boshqarish boshqarmasi universitetning O‘quv-uslubiy boshqarmasi negizida tuzilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’limga doir farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Universitet kengashi qarorlari, rektor buyruqlari va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning samarali ijrosini ta’minlash, shuningdek ta’limning o‘quv-usulbiy jihatdan uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Akademik faoliyatni boshqarish boshqarmasi o‘z ish faoliyatini Akademik faoliyat bo‘yicha prorektor rahbarligida, O‘zbekiston Respublikasining ta’limga oid Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruq va nizomlari, universitet rektorining buyruqlari, Davlat ta’lim standartlari, Malaka talablari va o‘quv rejalari asosida tashkil etadi.
Akademik faoliyatni boshqarish boshqarmasining asosiy vazifalari quyidagilar:
1. O‘quv jarayonining normativ-huquqiy bazasini shakllantirish va yangilab borish orqali uning tashkiliy masalalarini hal etish;
2. Universitetda tayyorlanayotgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining malaka talablarini takomillashtirib borish, yangi avlod o‘quv va ishchi o‘quv rejalarini ishlab chiqish hamda ular asosida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv yuklamalarni kafedralar kesimida umumlashtirish hamda bajarilishini nazorat qilish;
3. Ishchi o‘quv rejalarining semestrlar va o‘quv yili davomida bajarilishini tahlil etib borish;
4 Talabalar bilimini baholash tizimini samarali jamoatchilik nazorati ostida kechishi orqali korrupsiya xolatlari batamom bartaraf etilishiga ko‘maklashish;
5. Bilim va pedagogik ko‘nikma, malakani oshirish va ushbu faoliyatni baholashning funksional tizimini shakllantirish orqali professor-o‘qituvchilarning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng kamrovli va tizimli o‘zgarishlardagi tashabbuskorligini oshirish;
6. O‘quv jarayoni bilan bog‘liq barcha buyruqlarning loyihasini tayyorlash;
7. O‘quv jarayoni yuqori saviyada tashkil etilishini ta’minlovchi axborot-pedagogik texnologiya va metodlarni keng joriy qilib borish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish;
8. Universitetda o‘qitiladigan fanlarning uslubiy ta’minoti samarali tashkil etilishi yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularning kafedralarda to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash;
9. Universitet kafedralarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha o‘quv-uslubiy ta’minotning holatini o‘rganib borish hamda belgilangan muddatlarda ularning muhokamasini tayyorlash;
10. Amaldagi ishchi o‘quv rejalariga kiritilgan yangi fanlarni o‘qitishning uslubiy ta’minotini tashkil etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish va ularning kafedralarda holatini o‘rganib borish;
11. O‘quv jarayonini uslubiy jihatdan takomillashtirish yuzasidan izlanishlar olib borish va ularni amalga oshirishga qaratilgan ilmiy seminarlarni tashkil etish;
12. O‘quv rejasidagi fanlarning kafedralar darajasidagi uslubiy ta’minotini aniqlash va ular bo‘yicha Universitet saytida ma’lumotlar bazasini yaratish;
13. Malakaviy amaliyotni tashkil etishga ko‘maklashish;
14. Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarida fanlarni o‘qitish axborot-pedagogik texnologiyalari va metodlari keng joriy etilishining holatini o‘rganib borish va bu borada orttirilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish;
15. Talabalarning mustaqil ishlarini samarali tashkil etish uslubiyotini ishlab chiqish va ularning tegishli kafedralarda sifatli amalga oshirishiga ko‘maklashish;
16. O‘quv jarayoni bo‘yicha bo‘linmalarning hisobotlarini umumlashtirish.
17. O‘quv-uslubiy jarayonini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish.