“MATEMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI
Oriental universiteti tarkibidagi “Matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi bakalavriat va magistratura bosqichlarida mutaxassislar tayyorlash bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha uchta soha bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. Ta’lim jarayonlari kunduzgi va kechki shakllarda olib boriladi, kafedra tarkibida hozirda 80 nafardan ortiq talabalar tahsil olmoqda.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari quyidagilar:
60610300 – Kompyuter injiniringi
60610400 – Dasturiy injiniring
60540100 – Matematika
Shuningdek, kafedrada ikkita magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ham kadrlar tayyorlanmoqda. Magistratura bosqichida 45 nafardan ortiq magistrantlar tahsil olmoqda.
Magistratura ta’lim yo‘nalishlari quyidagilar:
70610601 – Dasturiy injiniring
70610501 – Kompyuter injiniringi
Mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim jarayonlarini 25 nafar professor-o‘qituvchi olib bormoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati quyidagicha: 2 nafar fan doktori (DSc), professor; 11 nafar fan nomzodi (PhD), dotsent; 7 nafar katta o‘qituvchi va 5 nafar o‘qituvchi. Ushbu tarkib kafedraning yuqori ilmiy va pedagogik darajada faoliyat yuritishini ta’minlaydi.
“Matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘quv jarayonida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va matematika fanining ilg‘or metodlarini tatbiq etishga qaratilgan. Kafedra “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va matematika fanining samarali usullari asosida raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash” yo‘nalishida ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib boradi. Bu tadqiqotlar o‘quv jarayonining sifatini oshirish, talabalarni yuqori malakali, innovatsion va raqobatbardosh mutaxassis sifatida tayyorlashga xizmat qiladi.
Аminov Hayotjon Halimjonovich
“Matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri v.b.,
texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent