Bugun Oriental universitetida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda universitetimizning yangi 1-bosqich talabalarini tantanali kutib olishga bag‘ishlangan “Talaba — 2026” bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tgan tadbirda talabalik sari ilk qadamini qo‘ygan yoshlar uchun unutilmas taassurotlarga boy bayramona muhit yaratildi.