Oriental University — Header

Chet Tillarni Takomillashtirish Strategiyalari

Ayni damda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining anjumanlar zalida Oriental universiteti Filologiya fakulteti G‘arb tillari kafedrasi tomonidan xorijiy tillarni o‘qitish va sifatini oshirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini yaxshilash hamda tilshunoslikning zabardast vakili professor Muhammadabbos Irisqulovning 85 yillik yubileyi munosabati bilan “Zamonaviy faol globallashuv jarayonida chet tillarni o‘qitishni takomillashtirish asoslari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur konferensiyaga xorijiy mehmonlar hamda yurtimizdagi bir qator oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari, professor-o‘qituvchilari, mutaxassislar, ilmiy xodim va izlanuvchilar, iqtidorli talabalar va magistlar ishtirok etishmoqda.

Oriental Universiteti vebsayti admini