
Ilmiy-amaliy xalqaro konferensiya o’tkazildi
Oriental universiteti tomonidan “Turon” axborot-kutubxona markazida “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘qitishning pedagogik imkoniyatlari va zamonaviy yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyada 10 dan ortiq xorijiy universitetlarning professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va respublikamiz ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan qator olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Konferensiyada maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘qitishning innovatsion texnologiyalari, uzluksiz ta’lim dasturlarini takomillashtirishda pedagogik va psixologik yondashuv, uzluksiz ta’limga bosqichma-bosqich o‘tish: mavjud amaliyot, muammo, yechim va istiqbollar, ta’lim tizimida pedagog xodimlarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali usullariga bag‘ishlangan qator sho‘balar doirasida olimlar, tadqiqotchilar fikr almashdilar, tajriba ulashdilar.
Mazkur konferensiya offline va online shaklda olib borildi va barcha qatnashchilar sertifikat va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.











