Oriental University — Header

O’zbekiston iftixori

Oriental universitetida professional boks bo‘yicha Osiyo va jahon chempioni, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi, “Osiyoning eng yaxshi bokschisi” deya e’tirof etilgan Shahram Gʻiyosov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Talaba-yoshlarda milliy sportga bo‘lgan qiziqishni orttirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada shakllantirish hamda “Besh muhim tashabbus” ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan uchrashuvda sportga oshno talabalar ishtirok etishdi.

Yurtimiz bayrog‘ini jahon arenalarida yuqori ko‘targan va chin ma’noda vatanimiz faxriga aylangan o‘zbek o‘g‘loni bilan talabalarning o‘zaro muloqoti yuqori shukuhda bo‘lib o‘tdi.

Vatanimiz faxri va iftixoriga aylangan sportchi Shahram G‘iyosov bilan bo‘lgan uchrashuvda muvaffaqiyat va ulkan zafarlar yo‘lida bosib o‘tilgan mashaqqatlar, mehnat va izlanishlar, mag‘lubiyat og‘riqlari va gʻoliblik shohsupasida turgan paytda yurtimiz bayrogʻini yuqoriga koʻtarilishi, madhiyamiz yangrayotgan onlardagi his-hayajonlar haqida berilgan ma’lumotlar yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishi bilan bir qatorda ularda o‘zgacha kayfiyat va taassurot qoldirdi.