
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
«Qatag‘on qurbonlari xotirasi» muzeyida Oriental universiteti Tarix kafedrasi tomonidan “Innovatsion tadqiqotlarda Oʻzbekiston tarixining dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil qilindi.
Mazkur anjumanda tarix yo‘nalishiga oid muhim ilmiy muammolar, taklif va yechimlar qamrab olingan bo‘lib, mazkur masalalar bo‘yicha ustoz-professorlar hamda mutaxassislarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Anjumanda xorijiy universitetlarning professor-o‘qituvchilari, ilmiy izlanuvchilari va respublikamiz ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan qator olimlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Mazkur namoyishda Oriental universiteti Tarix fakultetining 300 nafarga yaqin talaba va ustozlari hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari ishtirok etidi.














