Oriental University — Header

Sport ustalari bilan uchrashuv

Bugun Oriental universitetida Unversal jang federatsiyasi prezidenti, Xalqaro toifadagi sport ustasi, professional boks bo‘yicha jahon chempioni, MMA jangchisi Sergey Xaritonov va Osiyo Unversal jang federatsiyasi hamda O‘zbekiston Boks federatsiyasi sport bo‘limi rahbari  Sardor Тoshxo‘jayevlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Oriental universiteti rektori Nozimjon Mamatoxunov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Talaba-yoshlarda sportga bo‘lgan qiziqishni orttirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, irodani mustahkamlash, o‘z ustida yanada ko‘proq ishlab, qat’iyatni shakllantirish hamda “Besh muhim tashabbus” ijrosi yuzasidan o‘tkazilgan uchrashuvda sportga oshno talabalar ishtirok etishdi.

Mehmonlar bilan talabalarning o‘zaro muloqoti yuqori shukuhda bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida sportchilar talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga javob berishdi!

Uchrashuv so‘ngida mehmonlarga universitet rahbariyatining esdalik sovg‘alari taqdim etildi.