Oriental University — Header

ORIENTAL DELEGATSIYASI XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISH MAQSADIDA MALAYZIYA–INDONEZIYA SAFARIGA JO‘NAB KETDI!

Oriental universiteti delegatsiyasi Malayziya va Indoneziyaga rasmiy tashrif bilan yo‘l oldi. Mazkur xalqaro safar davomida universitet rahbariyati Indoneziyaning to‘rtta universiteti va ikki instituti bilan yangi akademik hamkorlik aloqalarini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘ydi. Quyidagi ta’lim muassasalari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi:

— Universitas Pakuan
— Polindo International
— Universitas Naratama Surabaya
— Universitas Muhammadiyah Bogor Raya
— Institut of Economic Science
— Institut Bisnis dan Informatika Kesatuan Bogor

Ushbu kelishuvlar keng ko‘lamli akademik hamkorlik uchun mustahkam asos bo‘lib, Oriental universitetining xalqaro nufuzini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi. Imzolangan memorandumlar doirasida quyidagi asosiy hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi:

• Talabalar uchun akademik mobillikni ta’minlash;
• Ijtimoiy va tabiiy fanlar yo‘nalishlaridagi ta’lim dasturlarini takomillashtirish;
• Mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini rivojlantirish;
• Ikki tomonlama xalqaro konferensiyalar tashkil etish;
• Professor-o‘qituvchilar uchun qisqa muddatli, maqsadli malaka oshirish dasturlarini joriy etish;
• O‘zaro kelishilgan mavzular doirasida qo‘shma ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish.

Mazkur hamkorlik tashabbuslari Oriental universitetining global akademik maydondagi ishtirokini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.