
Universitetimizda navbatdagi xushxabar
Avval xabar berganimizdek, Oriental universiteti jamoasi Malayziya-Indoneziya safariga joʻnab ketishgan edi.
Shuni mamnuniyat bilan ma’lum qilamizki, Indoneziyaning Bogor shahrida o‘tkazilgan Menejment, Texnologiya, Muhandislik va Dizayn (ICoMTED ) 2024 sohasiga bag‘ishlangan II Xalqaro konferensiyadagi faol ishtiroki va nutqi uchun Oriental universiteti ustozlari Abbosxo‘ja Sattorov, Jamilaxon Rustamova, Komilaxon G‘ulomjonova, Shahnoza Yusupaliyeva, Indira Xodjalepesova, Rayhona Temirova hamda talabalar Madinabonu Ostonaqulova, Hadichaxon Normatovalar xalqaro sertifikat bilan taqdirlandilar.
Oriental jamoasi tajribali ustozlar va iste’dodli talabalarimizni ushbu yutuq bilan muborakbod etadi hamda kelgusidagi ilmiy, ijodiy ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar doimo hamroh bo‘lishini tilab qoladi!









