
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va talaba-yoshlar!
2025-yil 31-yanvar kuni soat 10:00 da Oriental universitetida 11-fevral — «Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni» munosabati bilan “Barqaror taraqqiyot yo‘lida ayollar o‘rni: ilm-fan va sifatli ta’lim” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishi rejalashtirgan.
Ushbu anjumanda professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar o‘z ma’ruzalari hamda tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin. Shuningdek, konferensiya to‘plami uchun tayyorlangan maqolalarni @Nigora_Esanovna hamda @sh_karimova telegram manzillariga taqdim etishlari so‘raladi.
Murojaat uchun:
+998909296079 Nigora Erkinova
+998901856913 Shahlo Karimova
🔗 (https://pdf.ac/39Z6lI)KONFERENSIYA AXBOROT XATI (https://pdf.ac/3We09c)
Barchangizni ilmiy-amaliy konferensiyada kutib qolamiz!
Teglar:oriental universiteti, yangiliklar


