
Oriental universitetida navbatdagi Ilmiy kengash majlisi bo‘lib o‘tmoqda
Kengash majlisida universitet oldida turgan quyidagi dolzarb masalalar yuzasidan ma’ruzalar tinglanmoqda:
➖ Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida;
➖ O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sоnli xati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vа nomli davlat stipendiyalariga munosib topilgan talabalarni taqdirlash ishlarini tashkil etish haqida;
➖Universitetda xalqaro hamkorlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda o‘quv yilining 2-yarim yilligiga mo‘ljallangan istiqbolli rejalar to‘g‘risida;
➖Iqtisodiyot va axborot texnologiyalari fakultetini o‘rganish natijalari bo‘yicha hisobot;
➖Professor-o‘qituvchilar reytingi (KPI) to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash.








Teglar:oriental universiteti


