Oriental University — Header

Oriental talabasi jahon chempionati g‘olibi

Joriy yilning 16–23-dekabr kunlari Abu-Dabi shahri (BAA)da sportning Pencak Silat turi bo‘yicha yoshlar, o‘smirlar va kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston sport delegatsiyasi jahon chempionatida 7 ta oltin, 11 ta kumush, 20 ta bronza, jami 38 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

Faxrli tomoni shundaki, Oriental universiteti Jismoniy tarbiya fakulteti talabasi Diyorbek Hudoyberdiyev ushbu xalqaro chempionatda faol ishtirok etib, kumush medal sohibi bo‘ldi.

O‘zbekiston hamda Oriental nomini sharafli himoya qilayotgan Diyorbek kabi iste’dodli yoshlarimiz ertamiz umidi va kelajagidir! Universitet jamoasi iqtidorli va iste’dodli talabamizga ulkan muvaffaqiyat doimo hamroh bo‘lishini tilaydi!