Oriental University — Header

REKTOR TABRIGI

Mana 2024-yil ham o‘z yakuniga yetmoqda. Men faxr bilan shuni ayta olamanki, aynan shu yil universitetimiz jamoasi yanada ko‘proq, yanada samaraliroq faoliyat olib borgan holda talaba-yoshlarga to‘g‘ri ta’lim-tarbiya berishda, ularni yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlarida kamarbasta bo‘lib xizmat qildi. Shuni ishonch bilan ayta olamanki, bu zahmatli mehnatlar ertaga, albatta, o‘z mevasini beradi.

Biz — Oriental jamoasi bir oila boʻlib, kelgusida har tomonlama oʻsishda va rivojlanishda davom etamiz hamda bundan-da katta muvaffaqiyatlarga erishishga harakat qilamiz. Sababi, ko‘nglimizdagi niyatlarimiz ezgu, maqsadlarimiz ulkan!..

Shu fursatdan foydalanib, universitet jamoasini, shuningdek, barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi — 2025-yil bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman!

Elu yurtimizning tinchligi, ozod va obod vatanimizning ravnaqi, xalqimizning farovonligi yo‘lidagi mehnat faoliyatingizga hamda xayrli ishlaringizga omad va zafarlar yor bo‘lsin!            
                                       
Yangi 2025-yil Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, to‘kin-sochinlik, fayzu baraka, xonadoningizga tinchlik va xotirjamlik olib kelsin!