
Oriental universiteti doktoranturasiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi!
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4958-sonli Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oriental universitetida samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan. Shu maqsadda, Oriental universitetida 2024/2025-o‘quv yilining 4-choragi uchun 07.00.01 – “O‘zbekiston tarixi” ixtisosligi bo‘yicha ham oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichi — mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) dasturiga qabul uchun kirish suhbatlari tashkil etildi. Kirish suhbatlarida mazkur ixtisoslik yo‘nalishida jami 3 nafar talabgor ishtirok etdi.



Shuningdek, universitetda 2024/2025-o‘quv yilining 4-choragi uchun 10.00.05 – “Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi bo‘yicha ham oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichi — mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) dasturiga qabul uchun kirish suhbatlari tashkil etildi. Kirish suhbatlarida mazkur ixtisoslik yo‘nalishida jami 3 nafar talabgor ishtirok etdi.



Shuningdek, universitetda 2024/2025-o‘quv yilining 4-choragi uchun 13.00.07 – “Ta’limda menejment” ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichi — mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) dasturiga qabul uchun kirish suhbatlari tashkil etildi. Kirish suhbatlarida mazkur ixtisoslik yo‘nalishida jami 14 nafar talabgor ishtirok etdi. Ular ixtisoslik fanlaridan bilim va malakalarini namoyish etib, suhbat jarayonidan muvaffaqiyatli o‘tishdi.



Shuningdek, Oriental universitetida 2024/2025-o‘quv yilining 4-choragi uchun 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha ham oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichi — mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) dasturiga qabul uchun kirish suhbatlari tashkil etildi. Kirish suhbatlarida mazkur ixtisoslik yo‘nalishida jami 5 nafar talabgor ishtirok etdi.





