Oriental University — Header

Oriental universiteti delegatsiyasi Xalqaro Sammitda!

2025-yil 24–25-sentabr kunlari Oriental universitet rektori Nozim Mamataxunov, Moliya-iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektor Farrux Quvondiqov va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Farrux Xudayberdiyev boshchiligida Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahrida bo‘lib o‘tgan “The Eurasia Universities Summit 2025 (Yevrosiyo Universitetlar Sammiti 2025)” da ishtirok etdi. Sammitda Yevropa va Osiyo davlatlaridan kelgan 350 dan ortiq tadqiqotchilar, olimlar hamda universitet rahbarlari “Transnational research: From knowledge to global impact” mavzusi doirasida muhokamalar olib bordilar. Mazkur xalqaro anjuman davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy-diplomatik aloqalarni mustahkamlash bilan birga, fan, ta’lim va innovatsiya sohalarida ham yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qildi.

Sammit davomida Oriental universiteti Turkiyaning nufuzli Dokuz Eylul davlat universiteti bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish bo‘yicha kelishuvga ham erishdi. Ushbu kelishuv ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda istiqbolda samarali loyihalarni amalga oshirishga zamin yaratdi.