
Fransiya Prezidenti tarjimoni Orientalda faoliyatini boshladi!
Ozarbayjon Respublikasi, Boku shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro sammit doirasida Oriental universiteti uchun muhim kelishuvga erishildi. Ingliz va fransuz tillari bo‘yicha mashhur mutaxassis, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron hamda sobiq prezident Fransua Ollandning tarjimoni bo‘lib ishlagan Elvin Abbasbeyli Oriental universitetida professor-o‘qituvchi sifatida faoliyat boshlashga kelishib oldi.


Endilikda, Dr. Abbasbeyli Oriental universiteti talabalariga ingliz tili tarjimonlik mahorati yo‘nalishida saboq berib, o‘z tajribasini ulashdi. Ushbu hamkorlik natijasida talabalar chet tillarini yanada chuqurroq o‘zlashtirish va xalqaro miqyosda tajribali mutaxassislardan bilim olish imkoniga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, filologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun bu kelishuv katta imkoniyat yaratdi.


