
ITALIYANING L’ORIENTALE UNIVERSITETI REKTORI ORIENTALDA
Bugun Oriental universitetiga Italiyaning Neapol shahrida joylashgan “L’Orientale” (Oriental) universiteti rektori, professor Roberto Tottoli hamda sharqshunoslik sohasidagi yetuk mutaxassis, professor Tommaso Trevisani rasmiy tashrif bilan mehmon bo‘lishdi. Tashrif doirasida Oriental universiteti rektori Nozim Mamataxunov boshchiligida uchrashuv tashkil etilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy va akademik hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini kengaytirish, shuningdek, madaniy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.









Ma’lumot uchun: “L’Orientale” universiteti 1732-yilda tashkil etilgan bo‘lib yevropadagi eng qadimiy va nufuzli sharqshunoslik oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur oliygohda tilshunoslik, tarix, falsafa hamda xalqaro munosabatlar yo‘nalishlarida 10 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda.
ORIENTAL MATBUOT XIZMATI


