
TURKIYANING NIĞDE UNIVERSITETI BILAN XALQARO HAMKORLIK VEBINARI!
Oriental universitetida Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri Niğde universiteti professor-o‘qituvchilari hamda universitetimizning “Uzluksiz ta’lim pedagogikasi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘rtasida xalqaro vebinar-seminar bo‘lib o‘tdi. Ushbu vebinar-seminar ikki universitet o‘rtasida imzolangan hamkorlik memorandumi doirasida tashkil etilib, unda hamkorlikda xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish, hammualliflik asosida ilmiy maqolalar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar o‘rtasida akademik mobillikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, tajriba almashinuvi va o‘quv-uslubiy platformalarni boyitish masalalari muhokama qilindi.






Seminar doirasida tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan muhim vazifalar yuzasidan manfaatli taklif va rejalarni belgilab olishdi.
ORIENTAL Matbuot xizmati


