
XITOYNING GANSU IJTIMOIY FANLAR AKADEMIYASI BILAN ISTIQBOLDAGI HAMKORLIK!
Bugun Oriental universitetida Xitoyning Gansu Ijtimoiy fanlar akademiyasi (甘肃省社会科学院) vakillari — Ofis direktori Liu Yushun, Tadqiqot bo‘limi direktori, professor Liang Haiyan, Tarix bo‘limi direktori, professor Hou Zonghui, Journal Press bosh muharriri Zhao Guojun, Ekologik sivilizatsiya bo‘limi boshlig‘i Yin Xiaojuan hamda Tarix bo‘limi boshlig‘i Li Zhipenglardan iborat delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmonlar Oriental universiteti rektori Nozim Mamataxunov bilan uchrashib, ilmiy hamkorlik, qo‘shma tadqiqotlar va akademik almashinuv masalalarini atroflicha muhokama qilishdi.






Shuningdek, tashrif doirasida universitetimizning “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” va “Tillar-2” kafedralari mudirlari ishtirokida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolash masalalari ko‘rib chiqildi. Kelgusida imzolanishi rejalashtirilgan memorandum ilm-fan va ta’lim sohalarida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, qo‘shma ilmiy maqolalar va kitoblar nashr etish, akademik almashinuvlar, shuningdek O‘zbekiston tarixi bo‘yicha qo‘shma tadqiqotlar olib borish va ularni Xitoy tilida nashr etish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.



ORIENTAL Matbuot xizmati


