
XITOYGA AMALIY-TA’LIMIY SAFAR!
Ayni kunlarda Oriental universitetining “Tillar–2” kafedrasi ustozlari boshchiligida “Filologiya va tillarni o‘qitish” ta’lim yo‘nalishi talabalari Xitoy Xalq Respublikasida amaliy-ta’limiy safarda bo‘lib turibdilar. Universitetimiz vakillari o‘z tashrifini Xitoy xalqining ko‘p asrlik tarixi va sivilizatsiyasining ramzi sanalgan Buyuk Xitoy devorini ziyorat qilishdan boshladilar. Shuningdek, universitetimiz vakillari Xebey viloyatining Shijiazhuang shahrida joylashgan Xebey temiryo‘l transporti kasb-hunar oliygohida rasmiy tarzda kutib olindi. Tashrif davomida ikki davlat ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida tanishuv va hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi. Ushbu uchrashuv O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.








