
O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi bilan anglashuv memorandumi imzolandi!
O‘zbekistondagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi hamda Oriental universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur memorandumda tomonlar o‘rtasida ta’lim, fan, madaniyat, turizm va sport sohalarida amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, xalqaro konferensiya, forum, seminar va davra suhbatlarini tashkil etishni nazarda tutilgan. Shuningdek, xalq diplomatiyasi vositalari va ommaviy axborot vositalari orqali ShHTga a’zo davlatlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilgan.



🟠Hamkorlik doirasida axborot-tahliliy materiallar, qo‘shma maqolalar, video va media mahsulotlar tayyorlash, ilmiy, tahliliy va ta’lim muassasalari o‘rtasida amaliy aloqalarni mustahkamlash hamda yoshlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona muhit yaratishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Ushbu memorandum Oriental universitetining xalqaro hamkorlik doirasini kengaytirish va ShHTga a’zo davlatlar bilan madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.



ORIENTAL Matbuot xizmati


