Oriental University — Header

Oriental talabalari Turkiyada!

Ayni paytda talabalarimiz Recep Tayyip Erdoğan universiteti hamda Kırıkkale universitetiga yetib borishdi. Ular allaqachon yangi ta’lim muhitiga moslashib, bilim yo‘lida yangi ufqlar sari dadil odimlamoqda. Tez orada talabalarimiz ushbu nufuzli oliygohlarda o‘quv jarayonlarini katta ishtiyoq va ishonch bilan boshlaydilar. Bu safar ular uchun nafaqat ta’lim, balki bebaho tajriba, yangi imkoniyatlar va unutilmas taassurotlar manbai bo‘lishi shubhasiz!