Oriental University — Header

Oriental ustozlari Turkiyaga yo‘l olishdi!

2026-yilni Oriental universitetining 20 ga yaqin ustozlari Turkiyada malaka oshirish bilan boshlash arafasida. Bugun Orientallik ustozlarimiz xalqaro hamkorimiz, Turkiyaning nufuzli Karabük universitetida 1 oy davomida malaka oshirish maqsadida Turkiyaga joʻnab ketishdi. Amaliyot davomida ularning zamonaviy ta’lim yondashuvlari, xalqaro tajriba va yangi metodik-koʻnikmalarini rivojlantirib, talabalarga yanada kuchli ta’lim berish tajribalari bilan qaytishlariga tilakdoshmiz.