
Malayziya granti boʻyicha talabalarimiz bilan — Rektor suhbati!
Malayziya granti bo‘yicha ushbu jarayonning eng muhim va g‘oyalarga boy bosqichi — rektor bilan suhbat bo‘lib o‘tdi. Talabalarimiz ushbu bosqichda o‘zlarining istiqboldagi 5 yillik rejalarini taqdimot shaklida namoyish etdilar. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan 12 nafar nomzodlar — dunyoning TOP-500 oliy ta’lim muassasalari qatoriga kiruvchi Malayziyaning Universiti Utara Malaysia (UUM)da tahsil olish uchun jo‘nab ketadilar. Eng quvonarlisi, bu — Oriental universitetining ketma-ket to‘rtinchi bor Malayziyaning eng nufuzli oliygohlaridan biri bo‘lgan Universiti Utara Malaysia (UUM)ga o‘z talabalarini grant asosida o‘qishga yuborishidir. Tez kunlarda uchinchi grant sohiblarini Malayziyadan kutib olib, ushbu to‘rtinchi bor yuborilayotgan talabalarimizning eng qaynoq lavhalarini sizlar bilan ulashishni boshlaymiz!


