
Malayziyadagi talabalarimizning oʻquv jarayonlari boshlandi!
Malayziyaga yo‘l olgan talabalarimizning Universiti Utara Malaysia (UUM)dagi o‘quv jarayonlari boshlandi. Talabalarimiz UUM’ga yetib borgach, kampusning zamonaviy va qulay yotoqxonalariga joylashtirildi. Talabalar uchun maxsus “Orientation Week” dasturi tashkil etilib, unda universitetning o‘quv tizimi, ta’lim jarayoni, yo‘nalishlar bo‘yicha fanlar hamda akademik imkoniyatlar haqida muhim tanishtiruv ma’lumotlari berildi. Shuningdek, kampus hayoti va xalqaro muhitda o‘qish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishgan talabalarimiz o‘qish jarayonini yuqori taassurotlar bilan boshlab yuborishdi.


