
Oriental talabalari Turkiyaga yo‘l olishdi!
Oriental universitetining grant asosida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritgan navbatdagi talabalarini Turkiyaga kuzatdik. Oriental universiteti talabalari Turkiyaning Rize shahrida joylashgan Recep Tayyip Erdoğan universitetida hamda Kırıkkale shahrida joylashgan Kırıkkale universitetida 1 semestr davomida tahsil olib, xalqaro tajriba orttirishadi. Bu esa Oriental universitetining Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga ketma-ket uchinchi bor o‘z talabalarini grant asosida o‘qishga jo‘natishidir.


