Oriental University — Header

Janubiy Koreyaning Dongduk universiteti o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarildi!

Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘lib turgan Oriental Universiteti delegatsiyasining Dongduk University rahbariyati bilan o‘tkazgan rasmiy uchrashuvlari yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator muhim kelishuvlarga erishildi. Ma’lumki, avvalroq Oriental Universiteti hamda Dongduk University o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Mazkur memorandum ijrosi doirasida 2026-yil sentabr oyidan boshlab Oriental Universiteti talabalari uchun Exchange Program (talabalar almashinuvi dasturi) asosida Janubiy Koreyada tahsil olish imkoniyati yaratiladi.

Shuningdek, tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar:

  • talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini amalga oshirish;
  • xalqaro ilmiy konferensiyalarni hamkorlikda tashkil etish hamda ularda o‘zaro ishtirok etish;
  • professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish va akademik rivojlanish dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

Hamkorlikning yana bir muhim natijasi sifatida Dongduk University rahbariyati Oriental Universiteti talabalari uchun alohida imtiyoz taqdim etdi. Unga ko‘ra, Dongduk University magistratura bosqichining kunduzgi (full-time) ta’lim shaklida tahsil olishni istagan Oriental Universiteti bitiruvchilari va talabalari kontrakt to‘lovining 50 foizigacha chegirma asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.