
“Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammmad Bobur merosi — moʻtabar madaniy manba” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
Bugun “City Palace” mehmonxonasida Oriental universiteti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi tomonidan “Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammmad Bobur merosi — moʻtabar madaniy manba” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Mazkur anjumanda xalqaro va respublika miqyosida tan olingan professorlar, fan doktorlari, mutaxassis olimlar va tadqiqotchilar o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.











