Oriental University — Header

Almati menejment universiteti bilan hamkorlik memorandumi!

Oriental universitetida xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Qozog‘iston Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Almati menejment universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur uchrashuvda Qozog‘iston Fanlar akademiyasining katta xodimi, Almati menejmenti universiteti rektori maslahatchisi Timur Apendiyev ishtirok etdi. Muzokaralar davomida ikki tomonlama ilmiy-ta’limiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy loyihalar va xalqaro konferensiyalar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar o‘rtasida imzolangan memorandum o‘zaro tajriba almashish, innovatsion ta’lim dasturlarini joriy etish hamda menejment va iqtisodiyot yo‘nalishlarida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish uchun muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu kelishuv Oriental universitetining xalqaro maydondagi hamkorlik geografiyasini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish va talabalarga yanada keng imkoniyatlar yaratish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.